Myunxen shahrida 23-xalqaro “Inter Airport Europe-2021” ko'rgazmasi bo’lib o’tdi
2021-yilning 9-12-noyabr kunlari Myunxen shahrida (Germaniya) aerodromlarga texnik xizmat ko‘rsatish, maxsus texnika, texnologiyalar, aeroportlar va aerodromlarni loyihalash bo‘yicha “Inter Airport Europe-2021” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va “O‘zaviatsiya” agentligi mutaxassislari ilk bor xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishdi. «Inter Airport Europe» har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga ilg‘or innovatsiyalar va ilg‘or texnologik yechimlar haqida eng to‘liq ma’lumot berishdan iborat. Ushbu ekspozitsiya aeroportlar va texnologik xizmatlarning qulay va xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan mahsulotlar turlarining kengligi bilan ajralib turadi. Har yili ushbu ko’rgazmada dunyoning 600 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etishadi.
Bu yerda dunyoning ko’plab aeroportlari, aviakompaniyalari va yerdagi xizmatlarning xaridorlari, sotuvchilari, maslahatchilari va tizim integratorlari uchrashadi.
«Inter Airport Europe» havo texnikasini rivojlantirish, aerodromlar va terminallar uchun jihozlar, aerodrom xavfsizligi va samolyotlarga texnik xizmat ko'rsatish kabi masalalarni qamrab oladi.