Misr Arab Respublikasining “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi
Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 4-fevralida “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasiga Sharm-El-Sheyh-Toshkent-Sharm-El-Sheyh yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Parvozlar В737 havo kemasida amalga oshiriladi.