“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar
Joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining o‘rinbosari O.Lim va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis O.Po‘latovlar yig‘ilish ishtirokchilariga Qonunning maqsadi va ko‘lami, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasining taʼrifi, manfaatlar to‘qnashuvining asosiy sabablari va uning turlari bilan tanishtirdi.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.