O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalariga O‘zR AQ-71 va O‘zR AQ-197 o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 20 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining buyruqlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish» aviatsiya qoidalari (O‘zR AQ-71) va O‘zbekiston Respublikasining «Xavfli yuklarni havo transportida tashish qoidalari»ga (O‘zR AQ-198) kiritilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya” agentligi) etib qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.