Qirg‘iziston Respublikasining “Tez Jet” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsatnoma oldi
Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024-yil 22-fevralda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “Tez Jet” aviakompaniyasining Oʻsh-Toshkent-Oʻsh va Bishkek- Toshkent-Bishkek yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berdi. Parvozlar RJ-85 va MD-83 samolyotlarida amalga oshiriladi.