Aviatsiya va havo hududidan foydalanish bo'yicha davlatlararo kengashning 38-sessiyasi
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbari 2021-yil 16-dekabr kuni virtual formatda bo‘lib o‘tgan Aviatsiya va havo hududidan foydalanish bo‘yicha Davlatlararo kengashning 38-sessiyasida ishtirok etdi.
Sessiyada Davlatlararo kengash va xalqaro aviatsiya qo'mitasining 30 yillik faoliyatidagi amaliy natijalari va asosiy istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) so‘ngi qarorlari nuqtai nazaridan fuqaro aviatsiyasiga tegishli asosiy masalalar taqdim etildi.