Innovatsion yangilik
“O’zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan QR-kod yordamida uchuvchisiz uchish apparatlari uchun taqdim etilgan ruxsatnomalarning amal qilish muddatini tekshirish xizmati ishga tushirildi.
Parvoz uchun ruhsat tasdiqlanganidan so’ng, arizachi uchun mobil qurilmada chop etilishi yoki saqlanishi mumkin bo'lgan QR-kodli ruxsatnoma beriladi.
Mazkur QR-kodni skanerlash yordamida ma'lumotlar holatini tekshirish mumkin.
Shu bilan birga, operator hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’rtasidagi muloqot ham yanada osonlashadi.
Eslatib o’tamiz, uchuvchisiz uchish apparatlari uchun ruhsat olish tartibi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalashni tartibga solish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2022 yil 15 noyabrdagi 658-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.