ICАOning Yevropa va Shimoliy Аtlantika Byurosining navbatdagi yigʼilishi oʼz ishini boshladi
“Oʼzaviatsiya” agentligi direktori Nazarov Taxir Аlimjanovich boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasi, Frantsiyaning Parij shahrida joriy yilning 20-21 iyun kunlari boʼlib oʼtadigan ICАOning Yevropa va Shimoliy Аtlantika mintaqasi aviatsiya ma'muriyatlari rahbarlarining navbatdagi yigʼilishida ishtirok etishmoqda.
Yigʼilishda Yevropa va Shimoliy Аtlantika Byurosiga aʼzo 50 dan oshiq davlatlar aviatsiya maʼmuriyati rahbarlari ishtirok etmoqdalar. Tadbirda quyidagi asosiy masalalarni koʼrib chiqish rejalashtirilgan:
- parvozlar xavfsizligini taʼminlash ustidan nazoratni takomillashtirish;
- fuqaro aviatsiyasining atrof-muhitga taʼsiri;
- ICАO standartlarini tadbiq etishda hamkorlikni rivojlantirish.