IКAO standartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ingliz tilini joriy etish

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand shahrida ICAO talablari asosida ingliz tilini tatbiq etish bo‘yicha ishchi guruh yig'ilishi (LPRI TF/42) o'z ishini boshladi.

Yig'ilishda Avstriya, Daniya, Gruziya, Qozog'iston, Moldova, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Malta, Marokash, O'zbekiston, shuningdek, ICAO, EASA, IATA, IAOPA, Xalqaro Aviatsiya Ingliz Assotsiatsiyasi (ICAEA) Kengashining shtab-kvartirasi va Evropa/Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi vakillari ishtirok etdi.

Ushbu yig'ilish Transport vazirligi va "O'zaviatsiya" agentligi tomonidan, ICAO hamkorligida o'tkazilmoqda. Yig'ilishni "O'zaviatsiya" agentligi direktori Nazarov Tohir Alimjanovich ochib berdi. U ushbu tadbirning O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ICAO standartlarini joriy etishni rivojlantirishda muhimligini ta'kidladi.  

Yig'ilishda ingliz tilini bilish darajasini baholash, ingliz tili bo’yicha test o‘tkazuvchi tashkilotlarni nazorat qilish, o'qituvchilariga qo'yiladigan talablarni uyg'unlashtirish, davlatlar tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish masalalarini ko'rib chiqish rejalashtirilgan.