Hurmatli hamkasblar!

Yurtimizga uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan kutib oladi. Ozod yurtning obod manzillarida ulug‘ qadriyatlarimizdan biri– Navro‘z bayramini cheksiz quvonch va katta xursandchilik bilan qarshi olamiz.

Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshiralayotgan ezgu ishlarimizga omad yor bo‘lsin!

Ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod, osmonimiz musaffo bo‘lsin aziz do‘stlar!

Sizlarni “O‘zaviatsiya” agentligi nomidan yangilanish va yosharish bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz.