Huquqiy targ‘ibot
2021 yil 10 dekabr kuni "O‘zaviatsiya" agentligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar. Seminar xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va ko‘p tomonlama shartnomada O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar qoidalarini qo‘llash amaliyotidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlandi. Seminar ishtirokchilari, shu jumladan "O‘zaviatsiya" agentligi xodimlari ham yuqoridagi mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga qoniqarli javob oldilar va muhokama qildilar.