Hindistonning “IndiGo”, Polshaning “LOT Polish Airlines” va Malayziyaning “Malindo Airways” aviakompaniyalari O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruhsatnoma oldi
O‘zbekiston Respublikasi va tegishli davlatlar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan quyidagi aviatashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnomalari berildi:
Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasiga Dexli -Toshkent-Dexli yo‘nalishida A-320NEO va A-321 NEO havo kemalarida;
Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasiga Varshava- Toshkent-Varshava yo‘nalishida Boing-737-8MAX havo kemasida;
Malayziyaning “Malindo Airways” aviakompaniyasiga Kuala Lumpur - Toshkent-Kuala Lumpur yo‘nalishida A-330 havo kemasida.