Xalqaro xotin-qizlar kuniga tabrik!

Bugun Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda Agentlik rahbari erkaklar jamoasi nomidan aziz ayollarni kirib kelayotgan bayram bilan qutladi.

Agentlik rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi o‘z so‘zlarida aziz xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan tabrikladilar. Rahbariyat tomonidan jamoamiz ayollari mehnatkash va tirishqoqligi bilan ajralib turishi e‘tirof etildi. Ularga doimo go‘zal g'amxo'r va shirinso‘z bo'lib qolishlariga istak bildirdilar.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan  barcha ayollarga gullar va sovg‘alar topshirildi.