“O’zaviatsiya” agentligi bosh mutaxassis-inspektori Gilfanova Marina Yevgenevna “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi
Joriy yilning 5 mart kuni O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan 8-mart “Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Mo’tabar ayol” ko’krak nishonlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Yuksak e’tirof etilgan ayollar qatorida “O’zaviatsiya” agentligining Aerodromlarni sertifikatlash bo’limi bosh mutaxassis- inspektori Gilfanova Marina Yevgenevna ham bor.
Ushbu yuksak e’tirof bilan fuqaro aviatsiya sohasida 40 yildan oshiq faoliyat yuritayotgan “O’zaviatsiya” agentligi inspektori Gilfanova Marina Yevgenevnani muborakbot etamiz.