Yevropa qo‘shnichilik kengashi - ENC Belgiya bilan o‘tkazilgan muzokaralar
2021 yil 17 iyulda “Uzaviatsiya” agentligi direktori, Yevropa qo‘shnichilik kengashi (YEQK) (European Neighbourhood Council - ENC) boshqaruvchi direktori Samuel Doveri Vesterbay va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Hakimov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
YEQK Bryusselda joylashganini va Yevropa Ittifoqining tashqi va xavfsizlik siyosatining global strategiyasini kengaytirish va rag‘batlantirish siyosatini mustahkamlash masalalari bilan bog‘liq tadqiqotlar olib boradigan va loyihalarni amalga oshiradigan mustaqil tahlil markaz.
Suhbatdosh YEQKning Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, xususan, O‘zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan savdo-sotiqda umumjahon preferensiyalar tizimining (GSP+) benefitsiar mamlakat maqomidan foydalanish bo‘yicha mavzularni taklif qildi. Bundan tashqari, YEQKni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga oid mavzular ham qiziqtiradi.
Samuel Vesterbay O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini qayd etdi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston vakillarining YEIning davlat xizmatchilari va biznes vakillarini tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturi doirasida ajratilgan o‘quv dasturlari va stipendiyalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha iqtisodiy tadqiqot va islohatlar sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.