Yoshlar bilan uchrashuv
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini amalga oshirish doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov va Agentlikning yoshlari bilan “Yetakchi va yosh xodimlar” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda direktor o‘rinbosari O.Lim va Kasaba uyushmasining aʼzolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda yosh xodimlarning malakasini oshirish, chet tilini bilish darajasini oshirish va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va boshqa bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.Uchrashuv samarali bo‘lib, bunday uchrashuvlarni har oyda bir marta o‘tkazishga qaror qilindi.