Transport vazirligi hamda “Oʼzaviatsiya” agentligi delegatsiyasi IKАO simpoziumida ishtirok etmoqda
Oʼzbekiston delegatsiyasi 2023 yil 30 maydan 1 iyungacha Koreya Respublikasining Seul shahrida boʼlib oʼtayotgan xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKАO) tomonidan tashkil etilgan IKАO standartlarini tadbiq etishni qoʼllab - quvvatlash boʼyicha umumjahon simpoziumda ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir aviatsiya barqarorligi, soʼnggi raqamli vositalar, asosiy tashabbuslar, barqaror rivojlanish va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishdagi davlatlarning taklif va mulohazalarini muhokama qilish maqsadida IKАOning Jahon aviatsiya forumi (IWAF), Umumjahon aviatsiya hamkorlik simpoziumi (GACS) va TRAINAIR PLUS Umumjahon aviatsiya oʼquv va malaka oshirish dasturini va simpoziumini birlashtiradi.
Simpozium doirasida Oʼzbekiston delegatsiyasi xalqaro aviatsiya standartlarini samarali amalga oshirishdagi davlatlararo, mintaqaviy va umumjahon strategiyalar muhokamasiga bagʼishlangan davra suhbatida ishtirok etdi. Davra suhbati ishtirokchilari IKАOning xalqaro fuqaro aviatsiyasi rivojlanishida va barqarorligi yoʼlida amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarini qoʼllab-quvvatlash hamda aviatsiya hodimlarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.