Davlat bayrog'i kuni
2022 yil 18 noyabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligida O‘zbekiston Respublikasi davlat Bayrog’i kuni munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Davlatimiz, millatimiz iftixori bo’lmish mustaqil O’zbekistonning “Davlat bayrog’i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilganligining 31 yilligi munosabati bilan xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davlatimiz bayrog’i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz timsolidir.
Tadbir davomida davlat bayrog’i mazmun-mohiyati va uni madh etuvchi maxsus videoroliklar namoyish etildi. Tadbirda yoshlar faol ishtirok etishdi. Tadbir barcha uchun qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi.