Bir bo‘lsak- korrupsiyani engamiz.
Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “O‘zaviatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari O. Lim raisligida
“Bir bo‘lsak- korrupsiyani engamiz” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O. Po‘latov hamda marifat targ‘ibotchisi jamiyati a’zosi, siyosiy sharxlovshi “Shuhrat” medali sohibi Q. Karimbekov mustaqillikning 33 yillarida erishilgan yutuqlarimiiz va Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro
savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.