Belarusning «BELAVIA» aviakompaniyasi O'zbekistonda muntazam parvozlarni bajarish uchun ruxsat oldi
“O’zaviatsiya” agentligining havo xabarlari to’g’risidagi Belarus Respublikasi Hukumati bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hukumatlararo Bitimga asosan Belarus Respublikasi «BELAVIA» aviakompaniyasining Minsk-Toshkent- Minsk yo'nalishi bo'yicha reyslarni amalga oshirishga 2020 yil 22-may № 5-K-sonli Foydalanishga ruxsat berildi.
Aviakompaniya O'zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun Boeing 737 va Embraer E195 samolyotlarini e'lon qildi. Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 2 marta parvozlar amalga oshirishini rejalashtirmoqda.