Qarshi xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holati
22-23 iyul kunlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov Qarshi xalqaro aeroportiga tashrif buyurdilar. Qarshi aeroportiga tashrif davomida parvozlar xavfsizligi taʼminlanishi masalalari o‘rganildi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qarshi xalqaro aeroportining xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida parvozlar xavfsizligini oshirish, mutaxassis kadrlarni tayyorlash masalalari hamda yo‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish appartlarini olib kirish va foydalanish taqiqlanganligi to‘g‘risida axborot berish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.