Айрим Яқин Шарқ давлатлари фуқароларининг Ўзбекистон орқали Беларусга авиатранзити вақтинча чекланди
2021 yil 17 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolari–tranzit yo‘lovchilarning Belarus Respublikasi hududiga kirishiga hamda ularga aviachiptalar sotilishiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan rezident aviakompaniyalar tomonidan mazkur davlatlar fuqarolari–tranzit yo‘lovchilarga sotilgan aviachiptalar aniqlangan taqdirda, ushbu yo‘lovchilarga chipta puli belgilangan tartibda jarima qo‘llamagan holda qaytarilishi lozim.
Mazkur cheklovlar Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston davlatlarining diplomatik pasport yoki Belarus Respublikasida doimiy yashash uchun berilgan yashash guvohnomasiga ega fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.