Agentligida Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasining delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 2022 yilning 17 yanvar kuni “O‘zaviatsiya” agentligida Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasining delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Uchrashuv davomida so‘ngi yillarda mamlakatimiz aviatsiya sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasining aeronavigatsiya va aviatsiya xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.