Aerodromlardan foydalanish va xavfsizligini nazorat qilish mavzusida ICAO seminari

2024 yil 17-19 iyun kunlari ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi va davlatlararo aviatsiya qo'mitasi (IAC) bilan birgalikda "Aerodromlardan foydalanish va xavfsizligini nazorat qilish" mavzusida seminar o'tkaziladi. Seminar poytaxtimizdagi City Palace mehmonxonasining konferensiyalar zalida bo'lib o'tadi va aerodromlardan foydalanishni nazorat qilish, hamda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi.

Seminar ishtirokchilari aerodromlarni nazorat qilishning eng yaxshi amaliyotlari va eng yangi tendentsiyalarini muhokama qilish, shuningdek, turli mamlakatlar mutaxassislari bilan tajriba almashish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ladilar. Tadbir davomida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi dolzarb mavzular yoritilib, parvozlar xavfsizligini ta'minlashga zamonaviy yondashuvlar taqdim etiladi.