A41 ICAO Assambleyasi doirasidagi uchrashuvlar
2022 yil 3 oktyabrda ICAO Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining A41 Assambleyasi doirasida Assambleyadagi Oʻzbekiston vakili - “Oʻzaviatsiya” agentligi Direktori T.A.Nazarovning ICAO Prezidenti, ICAO Bosh kotibi va ICAO mintaqaviy idorasi Direktorlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida ICAO tomonidan rejalashtirilgan audit o‘tkazilishi muhokama qilindi.