9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
Joriy yilning 7 dekabr kuni Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “Korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida “O‘zaviatsiya” agentligining direktor o‘rinbosari O. Lim raisligida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis
O. Po‘latov xamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi
A. Berdiyev ishtirok etib, ular korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar, uning zararli oqibatlari va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan jazolar haqida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.
Tadbir davomida Yuristlarni malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” kursi bo‘yicha malakasini oshirgan xodimlarga Sertifikatlar topshirildi.
Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.