8 dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu hujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.
“O‘zaviatsiya” agentligida Konstitutsiyaning 30 yilligi munosobati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi farmoyishi bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur esdalik nishoni “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining yordamchisi Gulyamov Rustam Djalalitdinovichga tantanali ravishda topshirildi.
Mukofotlangan yuksak e’tibor va e’tirof uchun minnatdorchilik izhor etib, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida astoydil mehnat qilishini bildirdi.