30-iyun yoshlar kuni
28 iyun kuni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari Toshkent Davlat Transport Universiteti talabalari bilan uchrashuvda ishtirok etishdi, uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Adliya katta maslahatchisi, Narimov Ikrom Shermatovich boshchiligida o‘tkazildi.
Uchrashuvda I.Narimov Transport prokuraturasi tomonidan yoshlar manfaati yo‘lida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib berdilar. Universitet talabalarini ish bilan taʼminlash masalasida suhbat o‘tkazdi, shuningdek, kelajak yosh mutaxassislarga fotixa so‘zlarini aytdi.
Kelajak yosh mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida transport sohasidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida I. Narimov yoshlarga ularning barcha ishlarida yordam berishga tayyor ekanligi taʼkidlab o‘tdilar.