2021 yil uchun fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari
2022 yil 28 yanvar kuni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tibbiy-uchish ekspert komissiyalari tomonidan aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilish uyushtirildi.
Yig‘ilishda “O‘zaviatsiya” agentligining bo‘limlari rahbarlari va mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalarining rahbariyati vakillari va havo kemalar sardorlari, “O‘zaeronavigatsiya” markazi vakillari, tibbiy-uchish ekspert komissiyalarning shifokor-ekspertlari va parvoz bo‘limlari shifokorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda parvoz bo‘limlari shifokorlari va “O‘zaviatsiya” agentligi MTUEK raisining 2021 yilgi komissiyalar orasidagi davrda aviatsiya xodimlarini dispanser kuzatuv natijalari va O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini 2021 yilda 2020 yilga nisbatan tibbiy ko‘rigidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha tahliliy hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, parvozlarni tibbiy ta’minlash, aviatsiya tibbiyoti bo‘yicha yosh kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarining sog‘lig‘i va uchish uchun uzoq umrini saqlashga qaratilgan sog‘lomlashtirish va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda 2022 yilga mo‘ljallangan fuqarolik aviatsiyasida parvozlarni tibbiy taʼminlashga qaratilgan vazifalar va tavsiyalar belgilab olindi.