2024-yilning 10-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va “Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati” AJ rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida “Yevrosiyo Fuqaro Aviatsiyasi Konferensiyasi”ni (EACAC - EuraAsian Civil Aviation Conference) tashkil etish bo‘yicha qo‘shma tashabbus, shuningdek parvozlar xavfsizligi masalalari bo'yicha idoralar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Dastlabki bosqichda EACAC norasmiy idoralararo texnik tashkilot bo'lib, aviatsiya ma’muriyatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning kelajakdagi kontseptsiyasini muhokama qilish, qo'shma qarorlar qabul qilish va umumiy konsensusga kelish imkonini beradi. EACAC xalqaro maydondagi mavqeimizni mustahkamlash va fuqarolik aviatsiyasi sohasida qoʻshma davlatlararo tashabbuslar uchun asos yaratishda maslahat platformasini yaratadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Yevroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini EACAC tashkil etish tashabbusi to‘g‘risidagi hujjatni imzoladilar.