Коррупцияга қарши кураш

Коррупцияга қарши курашиш бўйича бош мутахассис:

Po‘latov Olim Mirsagdullaevich

Тел: (78) 120-00-61

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi

Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi faoliyati to‘g‘risida

NIZOM

 

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi (bundan buyon matnda Mutaxassis deb yuritiladi) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
    va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda “O‘zaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) direktorining qarorlari, buyruqlari
    va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
  2. Mutaxassis “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga masʼul hisoblanadi.

 

2-bob. “O‘zaviatsiya” agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi ishini tashkil etish

 

  1. Mutaxassis o‘z faoliyatida bevosita “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga bo‘ysunadi.
  2. Mutaxassis “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
  3. Mutaxassisni lavozimidan ozod etish masalasi Agentlik bilan kelishiladi.

Bunda, Agentlikka “O‘zaviatsiya” agentligi direktorining Mutaxassisni lavozimdan ozod etish haqidagi taqdimnomasi beriladi.

Ushbu taqdimnomada Mutaxassisni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari ko‘rsatiladi. Taqdimnomaga Mutaxassisni lavozimidan ozod etish sabablari va motivlarini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, xodimning arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini ko‘rsatuvchi maʼlumotlar va boshqa shu kabi hujjatlar) ilova qilinadi.

  1. Agentlik tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligining Mutaxassisini lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari yetarli emas deb hisoblansa, shu jumladan Mutaxassisni taʼqib qilinayotganligi haqida maʼlumotlarga ega bo‘lsa, ushbu masalada Mutaxassis bilan suhbat o‘tkazilishi mumkin.
  2. Quyidagilar “O‘zaviatsiya” agentligining Mutaxassisini lavozimdan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

Mutaxassisni lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;

Mutaxassis zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki o‘ziga yuklatilgan vazifa
va majburiyatlarni bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.

  1. Taqdim etilgan hujjatlar Agentlik tomonidan 3 (uch) ish kuni ichida k‘orib chiqilib, “O‘zaviatsiya” agentligiga mutaxassisni lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari ko‘rsatilgan xat taqdim etiladi.

 

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisning asosiy maqsadi, vazifa va funksiyalari

 

  1. Mutaxassisning asosiy maqsadi “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurash buyicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, “O‘zaviatsiya” agentligi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, “O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlashdan iborat.
  2. Quyidagilar Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

  1. Mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
    a) “O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish sohasida:

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun “O‘zaviatsiya” agentligi diretoriga kiritadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini “O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi
va dolzarbligi nuqtai nazardan baholaydi va xulosalar beradi;

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni Agentlikka kiritib boradi.

         b) “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

“O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini yaratadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati
va yo‘nalishlari haqida maʼlumot to‘playdi;

 maxsus axborot aloqa kanallari orqali tashkilot xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va xuquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligida yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reestri yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oladigan boshqa tegishli xujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari bo‘yicha maʼlumotlarning to‘g‘ri va to‘liq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;

davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toq‘nashuvini tahlil qilishda va tashkilot bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;

korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlariga yetkazadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni
va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi maʼlumotlarni taxlil qiladi;

har chorakda va “O‘zaviatsiya” agentligi direktori talabiga ko‘ra “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ulardagi korrupsiyaviy holat haqida “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga maʼlumot kiritib boradi;

       v) “O‘zaviatsiya” agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida “O‘zaviatsiya” agentligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi
va nazoratini amalga oshiradi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-rejalarining korrupsiyaga qarshi normalarga oid qismini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari, shu jumladan korrupsiyaviy
xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlardagi xodimlar uchun korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv-materiallarini ishlab chiqadi;

o‘quv-rejaga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligining barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha treninglarning o‘tkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadi;

 “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi qurashish” bo‘limi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan maʼlumotlarni yangilanib borilishini taʼminlaydi;

“O‘zaviatsiya” agentligidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qurashish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
va tashkilotning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;

“O‘zaviatsiya” agentligidagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;

odob-ahloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;

amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimidagidagi korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul shaxslar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligi faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazadi;

          g) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

qonunchilik hujjatlari bilan “O‘zaviatsiya” agentligi zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuboradi va ularning so‘rovlariga javob berishda ishtirok etadi;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni
jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

  1. Mutaxassisga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

 

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisining huquq va majburiyatlari

 

  1. Mutaxassis o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun qyidagi huquqlarga ega:

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni olish;

хizmat majburiyatlarini bajarish doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

“O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga korrupsiyaga qarshi qurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

o‘z faoliyati doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish.

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Mutaxassis o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi majburiyatlarga ega:

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarish;

qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

“O‘zaviatsiya” agentligi tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘grisida zudlik bilan to‘gridan-to‘gri “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga, yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

“O‘zaviatsiya” agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati,
odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligi direktoriga maʼlumotnomalar kiritish;

har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi o‘n kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar
va chora-tadbirlar to‘grisidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etish;

Mutaxassis qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Mutaxassis korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus
    seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv kurslari yoki maxsus
    seminar-treninglar tashkilot yoxud Agentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.
  2. Mutaxassis faoliyatining natijadorligi tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorlik va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish natijalariga asosan baholanadi.

Mutaxassis faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari “O‘zaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Mutaxassis faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

 

5-bob. Yakuniy qoidalar

 

  1. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
т/р Тадбирлар Бажарилиш санаси Жавобгар шахслар
1. Коррупцияга қарши курашиш масаласида тегишли вазирлик ва идоралардан ваколатли мутахассисларни жалб этган ҳолда бир қатор маърузалар ўтказиш. 2022 й. давомида Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
2. "Ўзавиация" агентлигининг веб-сайти, шу жумладан "ишонч телефони" орқали коррупциянинг олдини олиш масалалари бўйича жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаат қилиш механизмини таъминлаш ҳамда "ишонч телефони" ва "Ўзавиация"агентлигининг веб-сайти орқали келиб тушган жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини таҳлил қилиш. Доимий равишда Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари Директор ёрдамчиси АКТ бўлими бошлиғи  
3. Давлат органлари ва ташкилотларининг масъул ходимлари томонидан қисқа муддатли таълим курсларини иш бўйича қабул қилингандан сўнг ва муайян давр ўтганидан сўнг хизмат одоб-ахлоқи, манфаатлар тўқнашувини ҳал этиш ва коррупцияга қарши курашишнинг бошқа йўналишлари бўйича ўтишини ташкил этсин. 2022 й. давомида Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
4. "Ўзавиация" агентлигида коррупция кўринишлари мониторинги. Har chorakda Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
5. Жисмоний ва юридик шахсларнинг веб-сайт орқали "Ўзавиация" агентлиги фаолияти тўғрисидаги ахборотдан фойдаланишини таъминлаш механизмини назорат қилиш ва ижро этиш. 2022 й. давомида Директор ёрдамчиси АКТ бўлими бошлиғи  
7. Норматив-ҳуқуқий хужжатлар лойиҳалари ва уларнинг "Ўзавиация" агентлиги лойиҳаларини коррупцияга қарши экспертизадан ўтказиш, якуний ҳуқуқий хулоса тайёрлаш. 2022 й. давомида Корруптсияга қарши текширув ўтказиш бўйича махсус ишчи гуруҳ
8. "Ўзавиация" агентлиги ходимлари томонидан одоб-ахлоқ кодексининг ижросини назорат қилиш ва ходимлар ўртасида манфаатлар тўқнашувининг олдини олиш. Доимий равишда Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари Касаба қўмитаси Директор ёрдамчиси
9. Ҳуқуқий тарғибот ва ҳуқуқий маърифат бўйича чоралар кўриш, шу жумладан коррупсион намойишлар олдини олиш масалаларида кўргазмали материаллар (плакатлар, буклетлар, флерлар) тайёрлаш. 2022 й. давомида Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
10. Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва Адлия вазирлиги томонидан коррупцияга қарши курашиш масалалари бўйича ўтказиладиган семинар ва тренингларда, курсларда иштирок этиш. 2022 й. давомида Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
11. Коррупцияга қарши курашиш ва жамоатчилик назорати соҳасида умумеътироф этилган халқаро стандартлар ва ижобий хорижий тажрибани ўрганиш. Доимий равишда Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
12. Коррупцияга қарши фаолият билан шуғулланадиган ва иштирок етувчи бошқа давлат органлари ва ташкилотлари билан ҳамкорликни амалга ошириш. Доимий равишда Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
13. Коррупциянинг олдини олиш ва коррупцияга қарши курашиш бўйича коррупцияга ва ички ҳужжатларга қарши курашиш соҳасидаги Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатларига "Ўзавиация" агентлиги ходимлари томонидан риоя этилишини назорат қилиш. Доимий равишда Коррупцияга қарши курашиш комиссияси аъзолари
14. Ўзбекистон Республикасининг меёрий хужжатларига мувофиқ харидларни амалга ошириш 2022 yil davomida Коррупцияга қарши кураш комиссияси аъзолари Бош юрист консулът
И.Р. Байбурина
Бош ҳисобчи
Н.У. Индина
15. Ўзбекистон Республикаси фуқароларини "Ўзавиация" агентлиги га ишга қабул қилишда шаффофликни таъминлаш. Очиқ танловларни ўтказиш, барча иштирокчиларни ишга олиш учун тенг шароитларни таъминлаш. 2022 yil davomida Танлаш ва жойлаштириш комиссияси Кадрлар бўйича бош мутахассис
Д.М. Мухамедова
Коррупциявий хавф - хатарни миниммаллаштириш бўйича чоралар / тадбирлар / тартиб - таомиллар Амалга ошириш механизми Бажариш муддатлари Масъул ижрочилар
1. Бўлимга тегишли меъёрий-ҳуқуқий ва ички ҳужжатларни коррупция элементлари мавжудлигига текшириб бориш 1. Бўлимга тегишли меъёрий-ҳуқуқий ва ички ҳужжатларни коррупция элементлари мавжудлигига текшириш.
2. Текшириш жараёнида аникланган камчиликларни бартараф этиш.
2022 йил давомида Бўлим бошлиқлари Етакчи мутахассислар
2. Давлат харидларида коррупция хавфини камайтириш 1. Ўзбекистон Республикасининг меъёрий ҳужжатларига мувофиқ харидларни амалга ошириш;
2. Харидни амалга оширувчи комиссия таркибига коррупцияга қарши кураш комиссияси вакилларини киритиш;
3. Давлат харидларининг барча босқичларида ҳужжатларни ҳуқуқий тўғри тайёрлаш.
2022 йил давомида Бош юрист консульт Байбурина И.Р.

Бош ҳисобчи
Индина Н.У.
3. “Ўзавиация” агентлиги ходимларининг коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга нисбатан билим даражасини ошириш 1. Коррупцияга қарши курашиш масалалари бўйича семинарлар, учрашувлар, давра суҳбатларида иштирок этиш ва ушбу ишларни Ўзавиация” агентлигида ташкил этиш;
2.“Ўзавиация” агентлигининг коррупсияга қарши курашиш соҳасида Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги билан ўзаро ҳамкорликни ташкил этиш.
2022 йил давомида Бош юрист консульт Байбурина И.Р.
4. Ўзбекистон Республикаси фуқароларини “Ўзавиация” агентлигига ишга қабул қилишда шаффофликни таминлаш. Очиқ танловларни ўтказиш, барча иштирокчиларни ишга олиш учун тенг шароитларни таъминлаш. 1. Бўш иш ўринларининг шаклланиш санаси ва ишга қабул қилиш тугаши, малака талаблари ва талабнома берувчи учун зарур ҳужжатлар рўйхати кўрсатилган ҳолда жорий бўш иш ўринлари мунтазам равишда янгилаб турилишини амалга ошириш.
2. Ички ҳужжатларни Ўзбекистон Республикасининг амалдаги қонунчилигига мувофиқлаштириш.
2022 йил давомида Кадрлар бўйича
бош мутахассис Мухамедова Д.М.
Ахборот-коммуникация технологиялари бўлим бошлиғи
Хрипунов Д.И.
Бўлим номи Рухсат бериш тури Асос Ходимларнинг Ф.И.Ш. Егаллаб турган лавозими
1. Учувчисиз учиш аппаратларидан фойдаланиш ва назорат қилиш бўлими Фуқаро авиацияси учувчисиз учиш қурилмаларидан фойдаланишга рухсат бериш тўғрисида хулоса. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 31 августдаги 287-сонли “Ўзбекистон Республикасининг фуқаро ва давлат авиациясида учувчисиз учиш қурилмаларидан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги” низомига мувофиқ. Хусанов Мурод Аброрович Учувчисиз учиш аппаратларини ҳисобга олиш ва фойдаланишини назорат қилиш бўлими бошлиғи
Худайкулов Ровшан Мухидинович Учувчисиз учиш аппаратларини ҳисобга олиш ва фойдаланишини назорат қилиш бўлими етакчи мутахассис-инспектори
2. Ҳаво кемалари учишга яроқлилиги бўлими

1. Фуқаро ҳаво кемасини давлат рўйҳатидан ўтганлиги тўғрисида гувоҳнома;

2. Фуқаро ҳаво кемасини учишга яроқлилик сертификати;

3. Фуқаро ҳаво кемаларига шовқинлар бўйича сертификат;

4. Фуқаро ҳаво кемаларига радио жихозлар бўйича сертификат;

5. Ҳаво кемалари техник хизмат кўрсатиш ташкилоти сертификати

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 1 мартдаги 58-сон “Тадбиркорлик субъектларининг фуқаро авиацияси соҳасида рухсат бериш тартиб- таомилларидан ўтиши тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида” қарори. Салахитдинов Рустам Зайнабидинович Ҳаво кемалари учишга яроқлилиги бўлими бошлиги
3. Сертификатлаш ва парвозларни амалга оширилишини назорат қилиш бўлими Ўзбекистон Республикаси Фуқаро авиацияси эксплуатанти сертификатини бериш Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Тадбиркорлик субектларининг фуқаро авиацияси соҳасида рухсат бериш тартиб-таомилларидан ўтиши тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида”ги 2016 йил 1 мартдаги 58-сон қарори. Нишанов Рустам Маманкулович Сертификатлаш ва парвозларни амалга оширилишини назорат қилиш бўлими бошлиғи
Пак Виталий Юревич Сертификатлаш ва парвозларни амалга оширилишини назорат қилиш бўлимининг эксплуатантларни, авиация ўқув юртларини сертификатлаш бўйича бош мутахассис- инспектори
4. Аэродромларни сертификатлаш ва аэродромлар атрофида объектларни жойлаштириш учун рухсатномалар бериш бўлими Парвозлар хавфсизлигига тахдид солиши мумкин бўлган фаолиятни амалга ошириш учун рухсатнома бериш Ўзбекистон Республикаси вазирлар Махкамасининг “Парвозлар хавфсизлигига таҳдид солиши мумкин бўлган фаолиятни амалга ошириш учун рухсатнома бериш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 2014 йил 11 августдаги 226-сон қарори. Нигматуллаев Ислом Нусратилла угли Аэродромларни сертификатлаш ва аэродромлар атрофида объектларни жойлаштириш учун рухсатномалар бериш бўлими бошлиғи
Мадаминов Музаффар Маъмуржонович Аэродромларни сертификатлаш ва аэродромлар атрофида объектларни жойлаштириш учун рухсатномалар бериш бўлими бош мутахассис- инспектори
Номланиши Ишлаб чиқарилган йили (қурилган) Сони Жорий ҳолати
1 Автомобил Chevrolet Malibu 2 2022 y. 1 яроқли
2 Гараж - дизел бино (180 кв.м.) 2004 y. 1 яроқли
3 Машиналар учун соябон (95 кв.м.) 2003 y. 1 яроқли
4 Маъмурий бино (4177 кв.м) 1989 y. 1 яроқли
Наименование расходов Код расходов Код строки По уточнённой смете Кассовый расходы Остаток по смете
I-группа "Заработная плата и приравненные к ней платежи" X 06 2 546 833 000,00 2 306 574 156,03 240 258 843,94
Взносы / отчисления на социальные нужды 4120000 07 634 477 000,00 565 372 324,97 69 104 675,03
II-группа "Начисления на заработную плату" X 10 634 477 000,00 565 372 324,97 69 104 675,03
РАСХОДЫ ПО ТОВАРАМ И УСЛУГАМ 4200000 11 445 758 000,00 373 089 379,05 72 668 620,95
Коммунальные услуги 4220000 14 132 337 000,00 124 063 100,58 8 273 899,42
Электроэнергия 4221000 15 79 557 000,00 79 555 900,00 1 100,00
Горячая вода и тепловая энергия 4223000 16 38 431 000,00 36 408 497,95 2 022 502,05
Холодная вода и канализация 4224000 17 11 923 000,00 5 869 867,50 6 053 132,50
Услуги по уборке и вывоза мусору, а так же приобретение энергетических и других ресурсов (кроме бензина и других ГСМ) 4225000 18 2 426 000,00 2 228 835,13 197 164,87
Содержание и текущий ремонт 4230000 19 14 823 000,00 7 361 400,00 7 461 600,00
Машины, оборудования и техника 4234000 22 14 823 000,00 7 361 400,00 7 461 600,00
Транспортные средства 4234100 23 1 700 000,00 1 247 400,00 452 600,00
Прочие машины, оборудования, техника и передаточные устройства 4234900 24 13 123 000,00 6 114 000,00 7 009 000,00
Расходы запасов материальных оборотных средств 4250000 29 101 614 000,00 81 080 761,50 20 553 238,50
Прочие материальные оборотные средства 4252000 30 101 614 000,00 81 080 761,50 20 553 238,50
Товарно-материальных запасов 4252100 31 76 085 000,00 58 954 958,50 17 130 041,50
Товарно-материальных запасов (кроме бумаги) 4252110 32 65 956 000,00 49 261 494,50 16 694 505,50
Расходы на приобретение бумаги 4252120 33 10 129 000,00 9 693 464,00 435 536,00
Одежды, обуви и постельных принадлежностей 4252200 34 6 970 000,00 3 577 713,00  3 392 287,00
Топливо и ГСМ 4252500 35 18 559 000,00 18 548 090,00 10 910,00
Другие расходы на приобретение товаров и услуг 4290000 36 124 607 000,00 88 683 580,97 35 923 419,03
Расходы на обучение 4291000 37 14 468 000,00 6 549 898,00 7 918 102,00
Телефонные, телекоммуникационные и информационные услуги 4292000 38 67 995 000,00 58 131 701,97 9 863 298,03
Телефонные, телеграфные и почтовые услуги 4292100 39 29 812 000,00 20 695 201,97 9 116 798,03
Информационные и коммуникационные услуги 4292200 40 38 183 000,00 37 436 500,00 746 500,00
Прочие расходы на приобретение товаров и услуг 4299000 41 42 144 000,00 24 001 981,00 18 142 019,00
Прочие расходы на приобретение товаров и услуг 4299990 42 42 144 000,00 24 001 981,00 18 142 019,00
СОЦИАЛЬНЫЕ ПОСОБИЯ 4700000 43 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
Социальные пособия работодателей 4730000 44 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
Социальные пособия, предоставляемые работодателями в денежной форме 4731000 45 134 356 000,00 134 352 612,00 3 388,00
ДРУГИЕ РАСХОДЫ 4800000 46 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Различные прочие расходы 4820000 47 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Текущие 4821000 48 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
Различные прочие расходы 4821100 49 17 658 000,00 8 467 156,72 9 190 843,28
IV-группа "Другие расходы" X 52 597 772 000,00 515 900 147,77 81 862 852,23
Всего расходов: - - 3 779 082 000,00 3 387 855 628,80 391 226 371,20

 

Саҳифанинг охирги янгиланиш санаси: 20.01.2023 21:22:39

Чоп этиладиган нусхаси