“O‘zaviatsiya” agentligida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari  O. Lim  raisligida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh  mutaxassis O. Po‘latov va O‘zLiDeP Siyosiy taʼlim markazining rahbari N. Alimov ishtirokida poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suisteʼmol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida prezentatsiya materiallari yordamida batafsil tushuntirib o‘tdilar.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari masʼul xodimlari aviatsiya yo‘nalishini  korrupsiyasiz sohaga   aylantirish  yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Tadbir yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.