Hurmatli hamkasblar, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Shuni alohida ta’kidlashni istardikki, “O‘zaviatsiya” agentligi parvozlar xavfsizligini tashkil etishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish orqali katta ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini barqaror epidemiologik vaziyatga ega  bo‘lmagan mamlakatlardan olib kelish maqsadida bir martalik charter parvozlarga ruxsatnomalar berish sohasida ham uzluksiz ishlar olib borildi. Mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish maqsadida yettita xorijiy aviakompaniyaga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun  ruxsatnomalar berilgan.

Ushbu muhim sana arafasida,  "O‘zaviatsiya" agentligi O‘zbekiston xalqini birlashtiruvchi ushbu ulug‘  bayram bilan chin qalbdan tabriklaydi, sizga va yaqinlaringizga  sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va baxt tilaymiz!