“Oʼzaviatsiya” agentligi va “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi DUK vakillari uchun Parvoz sxemalarini loyixalash kurslari oʼtkazilmoqda

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKАO)ning standartlari va tavsiyalariga rioya qilish maqsadlarida Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar boʼyicha parvozlar chizmalarini loyihalashtirish sohasida (PANS-OPS RNAV) “Hududiy navigatsiya mezonlariga asosan uskunalar boʼyicha parvozlar qoidalariga koʼra aerodromda havo kemalarini manyovrlar bajarish tartiblarini ishlab chiqish” kurslarida “Oʼzaviatsiya” agentligi va “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi DUK vakillari uchun oʼquv kursi tashkil etildi.

Oʼquv kursi xalqaro darajadagi mutaxassis, Ozarbayjon Аeronavigatsiya axborot markazi rahbari Аleksandr Estrov tomonidan “Oʼzaeronavigatsiya” Markazi DUK qoshidagi “Oʼquv-mashgʼulot majmuasi” negizida 2024-yilning 25-mart 9-aprel kunlari oʼtkaziladi.

Oʼquv kursining ikkinchi bosqichi Boku shahrida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan boʼlib ushbu oʼquv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat berilishi koʼzda tutilgan.