Obod va ko‘rkam mahalla

Hashar - qadimgi tarixga asoslangan Sharqdagi eng oliyjanob xalq anʼanalaridan biridir. Hashar qadim zamonlardan buyon o‘zbek xalqining hayot tarzida alohida muhim o‘rinni egallab kelgan va go‘zal fazilatlarining timsolidir.

Bugun, 2021 yil 13 mart kuni “O‘zaviatsiya” agentligida bahor bayrami “Navruz” arafasida “Obod va ko‘rkam mahalla” shiori ostida ummxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zaviatsiya” agentligining rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Agentlikning ichki va atrof yo‘laklari obodonlashtirildi. Daraxtlarni oqlash va kesish ishlari tashkillashtirildi. Agentlikga tutashgan maxalla ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlariga maxllaga ko‘maklashildi.

Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Mirobod fiali hisob raqamiga jamoaning bir ovozli qarori bilan pul mablag‘lar o‘tkazilishi qabul qilindi.