Xalqaro xotin-qizlar kuni!

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiya agentligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda Agentlik rahbari erkaklar jamoasi nomidan aziz ayollarni kirib kelayotgan bayram bilan qutladi.

“O‘zaviasiya” agentligi direktori barcha ayol xodimlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ko‘tarinki kayfiyat tiladi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarga gullar va sovg‘alar topshirildi.