“O‘zaviatsiya” agentligi vakillari Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan IKAOning “Rasmiyatchiliklarni soddalashtirish” bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishdi

“O‘zaviatsiya” agentligi vakillari joriy yilning 12-mart kuni Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan IKAOning “Rasmiyatchiliklarni soddalashtirish” (Facilitation) bo‘yicha standart va tavsiyalarini davlatlar qonunchiligiga tadbiq etish bilan bog‘liq mintaqaviy ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishdi.

Yig‘ilish IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi, Yevropa Fuqaro aviatsiyasi Konferensiyasi hamda Gretsiya Fuqaro aviatsiyasi tashabbusligida tashkil etildi va unda 30 dan ortiq davlat aviatsiya ma’muriyati rahbarlari va turli tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ishtirok etish IKAOning “Rasmiyatchiliklarni soddalashtirish” bo‘yicha standarlarni bajarishda samarali davlat nazoratini qo‘llash yuzasidan xalqaro amaliyot o‘rganildi.