«Obod va fayzli mahallag‘yurt ko‘rki» Umumxalq xayriya hashari

Bugun 16 mart kuni “O‘zaviatsiya” agentligida “NAVRUZ” umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida «Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki» umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Hasharda “O‘zaviatsiya” agentligining xodimlari ishtirok etdilar. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazildi. Xodimlar o‘rtasida sog‘lom xayot tarzini ilgari surish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligining sport bilan shug‘ilanish zalida tamirlash ishlari olib borildi.

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari shahrimizning obodonlashtirilishiga hamda “NAVRUZ” umumxalq bayramini nishonlashga qo‘shgan hissalaridan juda xursand bo‘ldilar