“Zilzila”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 30 maydagi PF-144-son Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish «Yo‘l xaritasi»ning 10.1-bandini ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari o‘rtasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun va mohiyatini yetkazish bo‘yicha targ‘ibot yig‘ilish o‘tkazildi.
Targ‘ibot yig‘ilish davomida “ZILZILA” mavzusida taqdimot namoish etildi. Mazkur taqdimotda zilzila nimaligi, uning paydo bo‘lishi, uning o‘lchovlari hamda zilzila vaqtida qilinishi zarur bo’lgan tadbirlar. Agentlikdagi evakuatsiya rejasi, asosiy tark etish eshiklari, bekinish joylari va umumiy ovozli axborot tizimi orqali zilzila to‘g‘risidagi mahsus ma'lumot namoish etildi.
Yig‘ilishning ikkinchi yarmida, “O‘zaviatsiya” agentligida fuqaro muxofazasi uchun ma’sul xpodim A.Niyazov va O‘zbekiston Respublikasi FV vazirligining fuqaro muxofazasi vakili mayor T.Kamalxadjaev ishtirokida, zilzila vaqtida xodimlarni xaraktlari va agentlik binosidan evakuatsiya tadbirlari amaliy o‘tkazildi.