Joriy yilning 18-21 fevral kunlari IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Rallonining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xo‘jayev IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori N. Ralloni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Maxkamov hamda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida N. Rallo O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi ta’minlanishi yuqori darajada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.