Xivaga sayoxat
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab “Xon atlas” chelenjiga start berilganligi sababli “O‘zaviasiya” agentligining kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarni O‘zbekistondagi eng qadimiy shaharlardan biri-Xivaga sayoxat uyushtirildi.
Sayoxat davomida Xivaning tarixiy obidalari va milliy liboslari, milliy qadriyatlari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishildi. Sayyoxlar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me'moriy ob'ektlari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qadimiy Xivaning yanada go‘zal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.