“O‘zaviatsiya” agentligining 2021 yil uchun yuridik xizmat natijalari sarhisob qilindi
2022-yil 07-fevral kuni mehnat jamoasi yig‘ilishida “O‘zaviatsiya” agentligi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etish ahvoli to‘g‘risidagi yuridik xizmatning 2021-yil uchun hisoboti eshitildi.
“O‘zaviatsiya” agentligi yuridik xizmat faoliyatining eng muhim asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- Agentlik huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
- Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa xujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- Agentlikning norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash ishini muvofiqlashtirish;
- Agentlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, agentlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.