“Ўзавиация” агентлиги бошланғич касаба уюшмасининг 2021 йилда амалга оширилган ишлари бўйича ҳисобот
2022 yil 7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida mehnat jamoasi hamda kasaba uyushmasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi R.Gulyamov so‘zga chiqdi. U o‘z maʼruzasida 2021-yilga mo‘ljallangan reja ijrosi, xodimlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, mehnat faoliyatini sog‘lomlashtirish yo‘nalishida qilingan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2021-yilgi xarajatlar smetasining bajarilishi va ish yakunlari bo‘yicha hisoboti, “O‘zaviatsiya” agentligi boshlang‘ich tashkilot raisini saylash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasiga ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha savollar bilan murojaat qildilar
“O‘zaviatsiya” agentligi kasaba uyushma tashkilotining yil davomida bajarilgan ishlari yuzasidan bir ovozdan “Qoniqarli” deb baholandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan “O‘zaviatsiya” agentligining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining yangi raisi saylandi. “O‘zaviatsiya” agentligi kasaba uyushmasi aʼzolari Natalya Grigoriyevna Yugayni “O‘zaviatsiya” agentligining boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi etib sayladilar. Umumiy yig‘ilish yakunlari bo‘yicha kasaba uyushmasining tegishli bayonnomalari tuzildi.