“Oʼzaviatsiya” agentligi hamda IKАO hamkorligidagi xalqaro tadbir oʼz ishini boshladi

“Oʼzaviatsiya” agentligi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkilotining (IKАO) hamkorligida bugun, 10 sentyabr kuni Samarqand shahrida “Xalqaro aviatsiya uchun uglerod emissiyalarini qisqartirish va kompensatsiyalash tizimini (CORSIA) joriy etish”ga bagʼishlangan xalqaro tadbir oʼz ishini boshladi.