Huquqiy targ'ibot
2022 yil 15 aprel kuni “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari huquqiy bilimlarni oshirish tadbirida ishtirok etdilar. Xodimlar e‘tiboriga “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi (O'RQ-759, 2022 y.14.03.) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi (PF-101-son, 2022y.08.04.) O‘zbekiston Respublikasining Prezident Farmoni, shuningdek, 2022 yil aprel oyi 2 xafta davomida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi va muhokama qilindi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari (annotatsiyalar, slaydlar, infografikalar), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining YouTube-kanalda joylashtirilgan siyosiy-ma’rifiy materiallari namoyish etildi.