Umumjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
2022-yil 17-mart kuni “O‘zaviatsiya” agentligida Umumjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlikning barcha mehnat jamoasi ishtirok etdi.Ushbu tadbir tashkilotda baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnatni muhofaza qilishni targ'ib qilish maqsadida tashkil etildi.
“Mehnat muhofazasi -bu nima?” mavzusida ma’ruza bilan. ushbu seminar tashkilotchisi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha yetakchi mutaxassisi L.Fayzulina so‘zga chiqdi.Taqdimot davomida ko‘rgazmali videoroliklar va slaydlar namoyish etildi.
Shuningdek, so‘z mehnat bo‘yicha Respublika malaka oshirish kurslarinig “Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish” kafedrasi mudiri – U.Jalolovga berildi. Ular tomondan “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi innovatsiyalar” mavzusida ma’ruza o‘qib berildi.
Ishtirokchilar mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha kerakli ma’lumotga ega bo‘ldilar.