Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhning birinchi Majlisi Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tdi
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhning birinchi Majlisi Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tdi
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining “Aviatsiya xavfsizligi”
17-ilovasining standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini amalga oshirish doirasida, hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Gruziya Respublikalarining aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi aviatsiya xavfsizligi masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida, Qozog‘iston tomoni Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarining aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruhining (AVSEC-CG) birinchi majlisini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.
2023 yil 27-28 aprel kunlari Olmaota shahrida fuqaro aviatsiyasi Akademiyasi va ICAO aviatsiya xavfsizligi o‘quv markazi negizida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Gruziya Respublikalari aviatsiya ma’muriyatlari vakillari ishtirokida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtiruvchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrаshuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarining vakillarini AVSEC-CG aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtiruvchi guruhi tarkibini tasdiqlash;
2. Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha yangi standartlarni va ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq maqsadli vazifalarni bajarishga qaratilgan ICAO aviatsiya xavfsizligi standartlariga asoslangan o‘zaro anglashuv memorandum loyihasini ishlab chiqish;
3. Aviatsiya xavfsizligini muvofiqlashtirish guruhining yagona siyosatini va qoidalarini ishlab chiqish.
EUR/NAT AVSEC kichik guruhining salohiyatni oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha (ECHO/05) beshinchi yig‘ilishi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) 17-ilovasining standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini ilgari surish shuningdek, ICAO mintaqaviy Evropa va Shimoliy Atlantika byurosi mamlakatlarining aviatsiya departamentlari o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida.
2023 yil 19-20 aprel kunlari Parij shahrida ICAO mintaqaviy Yevropa
va Shimoliy Atlantika byurosida EUR/NAT AVSEC kichik guruhining (ECHO/05) ishchi guruhining salohiyatini oshirish bo‘yicha beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago Konvensiyasi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar tomonidan ICAO aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha taklif etilayotgan standartlarni va tavsiya etilgan amaliyotlarni ilgari surishlari va bajarilishini nazorat qilishlari.
2. ICAO global aviatsiya xavfsizligi rejasini qayta ko‘rib chiqish uchun davlatlardagi aviatsiya xavfsizligi yonalishida muammoli hududlarini
va aviatsiya xavfsizligi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash;
Aviatsiya xavfsizligi salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirishda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati, Shveysariya, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi, Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillarini EUR/NAT AVSEC (ECHO/05) ishchi guruhiga qabul qilish.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati ICAO Yevropa Shimoliy Atlantika byurosining ECHO/05 EUR/NAT AVSEC ishchi guruhining to‘liq huquqli ishtirokchisi bo‘lib qabul qilindi.
Markaziy Osiyo va Kavkazga a’zo davlatlarning aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi, ishtirok etuvchi davlatlarga aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha ICAO global rejasi qoidalarini amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga erishishda yordam berishning samarali mexanizmlarini joriy etish va "aviatsiya xavfsizligi" 17-ilovasining standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini sifatli joriy etish masalalari bo‘yicha doimiy maslahat organi hisoblanadi. Aviatsiya xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi madaniyatini joriy etish, o‘zaro ma’lumot almashish va bir-birlariga yordam berish to‘g‘risida.
Shuningdek, AVSEC-CG guruhi aviatsiya xavfsizligi tizimlari va aviatsiya xavfsizligi madaniyatini tegishli darajada saqlash o‘zaro ma’lumotlar almashish va bir-birlariga yordam berish maqsadida “Aviatsiya xavfsizligi”
17-ilovasi standartlari va tavsiya etilgan amaliyotini samarali amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish ustida hamkorlikda ishlashga kelishildi.