Parvozlar xavfsizligi kuni
Bugun “O‘zaviatsiya” agentligida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan “Parvozlar xavfsizligi kuni” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T.Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdilar. O‘z nutqilarida yig‘ilish ishtirokchilariga parvozlar xavfsizligini ta’minlash hamda o‘z vaqtida olib borilgan profilaktika ishlari hamda joylarda olib borilayotgan professionallik ishlar uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi aviakompaniyalarida va korxonalarida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha inspeksiyalar faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Mavjud muammoli masalalar va xavfsiz parvozlarni ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli rejalar muhokama qilindi. Respublikada fuqaro aviatsiyasi faoliyati jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda kadrlar tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Yil yakunlari boʻyicha parvozlar xavfsizligini nazorat qilish IKAO talablariga muvofiq amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.