O‘zbekiston va Ozarbayjon aviasiya ma'muriyatlari o‘rtasida tajriba almashuvi

ICAO auditiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rish, fuqaro aviasiyasi organi faoliyatini boshqarish, davlat nazoratini tashkil etish va kuchaytirish usullari yuzasidan tajriba almashish maqsadida “O‘zaviasiya” agentligi vakillarining Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifdan asosiy maqsad parvozlar xavfsizligini ta'minlash sohasida ICAOning bo‘lajak auditiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Tajriba almashish dasturi yakunida ikki tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi