“Lufthansa” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Transport va logistika aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori "Lufthansa Group"vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “Lufthansa” aviakompaniyasi tomonidan Frankfurt – Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.